IT-kompaniyalar qanday ishonch qozonadi: asosiy qoidalar. Nima uchun PR — IT-mahsulot uchun muhim vosita

IT-kompaniyalar qanday ishonch qozonadi: asosiy qoidalar. Nima uchun PR — IT-mahsulot uchun muhim vosita

IT-kompaniyalar qanday ishonch qozonadi: asosiy qoidalar. Nima uchun PR — IT-mahsulot uchun muhim vosita

IT sohasida PR allaqachon yordamchi funksiya sifatida qolmadi. U endi mahsulot arxitekturasining ajralmas qismiga aylandi: ishonch shakllantirishga, kutilmalarni boshqarishga va murakkab texnologik yechimlarni bozorga tushuntirishga yordam beradi. IT-kompaniya uchun PR nima uchun faqat media-nashrlar emas, balki riskni kamaytirish va mahsulotni kuchaytirishning muhim vositasi ekanini aniq misollar orqali ITCOMMS IT-kompaniyalar agentligining PR-menejeri Nelli Sarova tushuntiradi.

O'z vaqtida va batafsil munosabat ishonchni shakllantiradi

Texnologiya kompaniyalariga xatolar, nosozliklar va jiddiy hodisalar sukut va noaniqlikdan ko'ra osonroq kechiriladи.

Tasavvur qiling: SaaS-xizmatning bir qismi ishlamay qoldi. Bitta kompaniya olti soat davomida aloqaga chiqmaydi, so'ng qisqagina «muammo hal qilindi» xabarini e'lon qiladi yoki umuman hech narsa demaydi. Ikkinchisi esa dastlabki daqiqalardanoq nima buzilgani, kim hal qilish bilan shug'ullanayotgani va yangilanish qachon bo'lishini xabar qiladi. Albatta, muammoni texnik jihatdan bartaraf etish inqirozdan chiqishning asosiy elementi, ammo bu yerda kommunikatsiya ham hal qiluvchi rol o'ynaydi — hatto jiddiyroq nosozlik yuz berganda ham ishonchni saqlab qolish uchun.

Mahsulot va uning tavsifi o'rtasidagi tafovut — asosiy risk

IT sohasidagi obro'-e'tibor muammolarining ko'pchiligi oshirib yuborilgan kutilmalar tufayli yuzaga keladi. Masalan, kompaniya «biznes-jarayonlarni avtomatlashtirish uchun AI-platforma» taklif qiladi, ammo unda neyron tarmoq faqat bitta modulda qo'llaniladi, bir qator stsenariylar qo'lda bajariladi, asosiy funksiya esa hali ishlab chiqilmoqda.

Mahsulotning o'zi yaxshi bo'lishi mumkin, ammo va'dalar bilan solishtirganda u zaifroq ko'rinadi. Allaqachon mavjud va rejalashtirilgan funksiyalar haqida ochiqchasiga gapiruvchilar esa ishonchliroq ko'rinadi — bunday risklarni boshqarish sizning strategiyangizning bir qismiga aylanishi mumkin.

Ekspert kontent — mahsulotning davomi

Texnologiya sohasidagi materiallar klassik PRdan farqli ishlaydi. Ular mahsulotni sotishdan ko'ra tushuntirishga xizmat qiladi — bu ham ishonch shakllantirishning muhim omili.

Jamoa press-reliz o'rniga arxitektura yechimini tahlil qilsa yoki nima uchun muayyan yondashuvni tanlaganini va qanday murosalarga borganini tushuntirsa, buni dasturchilar, mahsulot menejerlari va texnik mijozlar o'qiydi. Bunday matnlar va videolar ularda shaffoflik hissini uyg'otadi. Odamlar jamoaga ishonadi — va u orqali mahsulotga ham.

Asoschining mas'uliyati

Asoschi mahsulotni bozorga to'g'ri taqdim eta olishi va uning ishlash tamoyillarini tushuntira bilishi kerak. Startaplarda va o'sib borayotgan IT-kompaniyalarda obro'-e'tibor ko'pincha aynan shunga tayanadi.

Tanqid bo'lganda yashirinib qolmaslik va ochiq muloqotga chiqish muhim. Xatolarni o'z vaqtida xabar qiladigan texnik qo'llab-quvvatlash xizmatiga o'xshab, asoschi ham xatoni tan olishi, o'zgarishlar va ularning muddatlari haqida ochiq gapirib berishi kerak. U bu yerda mahsulot va butun kompaniyaning interfeysi sifatida namoyon bo'ladi. Bu jamoaga tushadigan bosimni kamaytiradi, behuda taxminlarning oldini oladi va shaxssiz mojaroni haqiqiy muloqotga aylantiradi.

Qidiruv tizimlaridagi ko'rinish

Qoida tariqasida, mahsulotlar va kompaniya bilan tanishish Google va boshqa qidiruv tizimlaridagi havolalar orqali ro'y beradi. Bu investorlar, nomzodlar va mijozlar uchun — ya'ni barcha foydalanuvchilar uchun — muhim. Agar so'rovga javoban birinchi o'rinda eskirgan pozitsionlamali maqolalar va salbiy holatlar chiqsa, tushuntirishlar esa umuman bo'lmasa, hatto kuchli mahsulot ham yutqazadi.

Ommaviy ma'lumotlar release-notlar va hujjatlar kabi muntazam yangilanishni talab qiladi.

HR-jarayonlar mahsulot madaniyatini aks ettiradi

Texnologiya sohasida ichki reallik juda tez ommaga ma'lum bo'ladi. Kompaniyalar g'amxo'rlik va moslashuvchanlik haqida qancha gapirmasin, agar xodimlar ommaviy ravishda charchab yiqilsa, ish bo'shatishlar tushuntirishsiz amalga oshirilsa va jarayonlar ortiqcha yuklamaga tayansa — bozor buni o'ylagandan ham tezroq bilib oladi.

Bu tez orada ommaviy muhokamалarda paydo bo'ladi va ishga qabul jarayoniga ta'sir qila boshlaydi. Jarayonlar va kutilmalarni to'g'ri tasvirlash kadrlar almashinuvini kamaytiradi hamda sharoitlar ideal bo'lmasa ham barqarorroq nomzodlarni jalb qiladi.

Zaif korporativ madaniyat obro'-e'tiborga keng qamrovli ta'sir ko'rsatadi. Agar kompaniya o'z xodimlariga hurmatsiz munosabatda bo'lsa, mijozlar va hamkorlar ham o'zlari bilan xuddi shunday muomala qilinishini kutishi mumkin.

Professional PRning roli

Ma'lum bir bosqichda asoschilar va mahsulot jamoasi butun tizimni miyada ushlab tura olmaydi. Masalan, miqyoslash jarayonida bir nechta mahsulot yo'nalishlari, auditoriyalar (enterprise, SMB, investorlar, dasturchilar) va kommunikatsiya kanallari paydo bo'ladi.

Buni boshqarmasa, ziddiyatlar boshlanadi: har xil mesajlar, mahsulotni turlicha talqin qilish va ohangning nomuvofiqligи. IT sohasidagi PR tizimni birlashtiradi: mahsulot mantig'ini bozor tiliga tarjima qiladi, yagona kommunikatsiya stsenariylarini shakllantiradi va risklarni yanada kamaytiradi. Bu mahsulotning tashqi dunyodagi davomi. U biznes arxitekturasining bir qismiga aylanganda haqiqiy ustunlik beradi.