Innovatsiyalar haqida qanday gapirish kerak, toki sizi eshitishsin

Innovatsiyalar haqida qanday gapirish kerak, toki sizi eshitishsin

Markaziy Osiyoda innovatsiyalar haqida gapirganda, faqat chiroyli iboralar bilan cheklanib qolish katta xato. Bu yerda kommunikatsiya — bu shunchaki PR emas. Bu — ekotizimni shakllantiruvchi vosita: investorlarni jalb qiladi, yosh mutaxassislarni ilhomlantiradi va mintaqamiz global texnologiyalar xaritasida munosib o'rin egallamoqqa tayyorligini ko'rsatadi.

Farida Islomova, ITCOMMS PR mutaxassisi

Markaziy Osiyoda innovatsiyalar haqida gapirganda, faqat chiroyli iboralar bilan cheklanib qolish katta xato. Bu yerda kommunikatsiya — bu shunchaki PR emas. Bu — ekotizimni shakllantiruvchi vosita: investorlarni jalb qiladi, yosh mutaxassislarni ilhomlantiradi va mintaqamiz global texnologiyalar xaritasida munosib o'rin egallamoqqa tayyorligini ko'rsatadi.

Kompaniyalar innovatsiyalarni auditoriyaga yetkazmoqchi bo'lganda, nimaga e'tibor berish kerak?

Avvalo — insoniy hikoyalarni aytib bering, ular har doim auditoriyani qiziqtiradi. Texnik qismni esa shu hikoyaga organik tarzda qo'shib yuborish doimo mumkin. Matnlarni ortiqcha tafsilotlar bilan to'ldirmaslik, balki hamma tushuna oladigan tilda tushuntirish ham muhim. Oddiy infografika yoki bir metafora ko'pincha uzun tavsifdan ko'ra ko'proq narsa aytadi.

Ikkinchi muhim jihat — ishonch. Agar siz bozorda yangi bo'lsangiz, hamkorlaringizni va aloqalaringizni ko'rsating. Va eng asosiysi — muloqotni uzluksiz davom ettiring. Innovatsiyalarni «ishga tushirib, unutib qo'yib bo'lmaydi» — bu vaqt va muntazam dialog talab qiladigan jarayon.

Eng ko'p uchraydigan xatolar qaysilar?

Ko'pincha brendlar haddan ziyod murakkablashtiradi: texnik tafsilotlarga botib ketadi va bularning hammasi nima uchun kerakligini tushuntirishni unutadi.

Ikkinchi xato — haddan ortiq va'da berish. Kutilgan natija bo'lmasa, ishonch yo'qoladi.

Yana bir muammo — innovatsiyalarga salutday qarash: yorqin taqdimot, ko'p shovqin, keyin esa sukut. Bunday yondashuv ishlamaydi. Innovatsiyalar doimiy mehnat va auditoriya qiziqishini saqlab turishni talab qiladi.

Qaysi keyslarni eng muvaffaqiyatli deb hisoblash mumkin?

Agar tanlaydigan bo'lsam, uchta hikoyani ajratib ko'rsatardim.

Birinchidan, O'zbekistondagi Women in Tech dasturi. U izchil va halol kommunikatsiya tashabbusni global darajaga olib chiqishga qodir ekanini ko'rsatib berdi.

Ikkinchidan, Wolt fintech kompaniyasining ishga tushirilishi. Ular oddiy tilda gapirdi va texnologiyalar hayotni qanday soddalashtirishi ko'rsata oldi. Buning natijasida innovatsiyalar keng auditoriyaga yaqinroq va tushunarli bo'lib qoldi.

Va yana biri — O'zbekistonda Plug and Playning ishga tushirilishi. Bu loyiha ustida o'zim ishlaganimdan, uni yanada batafsil aytib bera olaman. Bu, ehtimol, eng kuchli misollardan biri. Gap faqat yangi ofis ochish haqida emas edi. Maqsad boshqacha edi: O'zbekiston global innovatsiyalar xaritasining bir qismiga aylanishga tayyorligini ko'rsatish. Kampaniya mahalliy startaplarni xalqaro investorlar bilan bog'ladi va bu mamlakat haqidagi bozor tasavvurini haqiqatan o'zgartirdi. Muhimi — kommunikatsiya tizimli qurildi: bir martalik press-relizlar o'rniga rahbarlar bilan intervyular, ekspert maqolalar, Telegram-kanallar va mahalliy OAV bilan ishlashni o'z ichiga olgan keng qamrovli media-reja ishlab chiqildi. Natijada auditoriya shunchaki shovqinli nomni emas, balki ekotizim uchun haqiqatan ishlayotgan platformani ko'rdi.

Murakkab texnologiyalarni oddiy tilda qanday tushuntirish mumkin?

Muhimi — soddalashtirib, ma'nosini yo'qotmaslik, balki tushunarli tilda ifodalash. Odamlar aniqlikni qadriydi, ammo o'zlarini past baholashganini his etishni yoqtirmaydi. Real hikoyalar, hayotiy misollar, qisqa videolar yoki infografika orqali ishlash yaxshiroq samara beradi. Intervyular bu yerda ayniqsa foydali. Bunday vositalar murakkab mavzularni ham ishonchni kamaytirmagan holda tushunarli qiladi.

Qaysi kanallar eng yaxshi ishlaydi?

Markaziy Osiyoda asosiy kanal Telegram bo'lib qolmoqda. LinkedIn professional va xalqaro auditoriya uchun juda qulay. Tadbirlar kuchli vosita hisoblanadi: startap demo-kunlari katta qiziqish uyg'otadi, translyatsiyalar esa qamrovni kengaytiradi. Media hamkorliklar ham muhim: profil OAV bilan ishlash mahalliy hikoyalarni kengroq darajada ko'rinadigan qiladi. Podkastlar va pochta jo'natmalari esa jamiyat bilan doimiy va chuqurroq muloqotni saqlab turishga yordam beradi.

Bu Markaziy Osiyo uchun nima uchun ayniqsa muhim?

Chunki bu yerda kommunikatsiya voqelikni shunchaki aks ettirmaydi — u uni yaratadi. Markaziy Osiyo o'z innovatsion ekotizimini endigina shakllantirmoqda. Biz texnologiyalar haqida qanday gapirishimiz to'g'ridan-to'g'ri investorlar, davlat va yosh avlodning ularni qanday qabul qilishiga ta'sir qiladi. Aniq va ilhomlantiruvchi kommunikatsiya kapital jalb qilishi, islohotlarni qo'llab-quvvatlashi va odamlarni texnologiya sohasida martaba tanlashga undashi mumkin. Agar innovatsiyalar haqida to'g'ri gapira olsak, butun ekotizimning o'sishini tezlashtira olamiz.

📌 Ko'proq foydali kontent o'qimoqchimisiz? Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling — u yerda biz PR bo'yicha insaytlar, keyslar va yangiliklar ulashamiz https://share.kz/gtDq Ingliz tilida o'qishni afzal ko'rsangiz — materiallarning xalqaro versiyalarini e'lon qiladigan LinkedIn sahifamizga tashrif buyuring https://share.kz/gsJw